
EChL. "Liverpul" "Portu" bilan durang o‘ynadi va chorak finalga chiqdi
Hozirgina EChL 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Angliyaning “Liverpul” jamoasi o‘z uyida Portugaliyaning “Portu”sini qabul qildi.
Portugaliyada o‘tgan o‘yinda 5:0 hisobida raqibdan ustun kelgan “Liverpul” o‘z maydonida raqib bilan murosa ko‘chasini tanladi – 0:0.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra esa “qizillar” chorak final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
EChL. 1/8 final. Javob bahsi
Liverpul Angliya – Portu Portugaliya 0:0 (0:0, 0:0)
Liverpul – Karius, Matip, Lovren, Gomes, Moreno, Lallana, Xenderson, Firmino (Ingz, 62), Djan (Klavan, 80), Mane (Salax, 74), Milner.
Portu – Kasilyas, Pereyra, Reyes, Diogu Dalot, Felipe, Oliver Torres, Andre Andre (Serjiu Oliveyra, 62), Korona, Abubakar (Gonsalu Pasiensiya, 80), Uoris (Rikardu Pereyra, 68), Brunu Koshta.
Ogohlantirishlar: Andre Andre (34), Xenderson (59), Diogu Dalot (90).
Fikrlar