
EChL. "Milan" "Tottenxem" ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi
Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan "Milan" - "Tottenxem" bahsi mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yindagi yagona gol muallifi Braxim Diash. Yarim himoyachi 7-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Ma’lumot uchun, ushbu to‘qnashuvning javob o‘yini 9-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar