EChL pley-offida ko‘rinish bermaydigan futbolchilardan tuzilgan «Lazaret» ramziy jamoasi

  • 16 fevral, 2021, 19:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Evropa Chempionlar ligasi musobaqasi o‘zining eng qizg‘in pallasiga kiradi. Afsuski, jamoalarda yo‘qotishlar etarlicha. Agar ularni bir jamoa qilib jamlasak, «Lazaret» turnir favoritiga aylanishi turgan gap.

Darvozabon:

Roman Byurki («Borussiya Dortmund»; Shveytsariya)

1212a

Dortmund klubi asosiy darvozaboni so‘nggi bor 22 yanvar sanasida maydonga tushgan edi. Uning o‘rnini hozircha Marvin Xits egallab turibdi. Uni klub EChL va Bundesliganing o‘yinlariga ro‘yxatdan ham o‘tkazmayapti. Katta ehtimol bilan u uchun mavsum yakunlandi.

Himoyachilar:

Dani Karvaxal («Real Madrid»; Ispaniya)

1212posheop

EChLda 4 bor g‘alaba qozongan Dani uchun 2020/21 yilgi mavsum juda omadsiz keldi. U 3 bor safdan chiqishga majbur bo‘ldi. Qahramonimiz umumiy hisobda 100 kun futbolsiz qolib ketdi. Katta ehtimol bilan u «Atalanta»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, Zidan javob uchrashuvida ham Karvaxalni asosiy tarkibda maydonga tushirmoqchi emas.

Serxio Ramos («Real Madrid»; Ispaniya)

1212pkeope

Katta ehtimol bilan Ramos uchun bu «Real»dagi so‘nggi mavsum bo‘ladi. «El kapitano» jamoa bilan yangi shartnoma imzolagani yo‘q. Shifokorlar Ramosni jarohati jiddiy ekanligi haqida xabar berdi. Ma’lumotlarga qaraganda, aprelning o‘rtalariga qadar Serxio Madrid klubiga yordam bera olmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Ramos agar «Real» yarim finalga qaday etib kelsagina maydonda ko‘rinish berishi mumkin.

Virdjil van Deyk («Liverpul»; Gollandiya)

1212lщplщpepe

Aslida, lazaretdagi himoyachilarning barchasini «Liverpul»dan tanlab olishimiz mumkin edi. Jo Gomes, Joel Matip, Fabino bemalol ramziy jamoamizni bezab berishi mumkin. Ular orasidan yaqindagina «oltin to‘p» uchun jiddiy kurash olib borgan gollandni tanlab olamiz. Virjil uchun deyarli mavsum yakunlandi. Uning qadri qanday baland ekanligini hozir «mersisaydliklar» juda yaxshi his etishmoqda.

Xuan Bernat  (PSJ; Ispaniya)

1212klщrщenlren

Xuan himoyachilarimiz orasida EChLda zafar quchmagan yagona futbolchi. O‘tgan yili ispan bu sovringa juda yaqin keldi, ammo «Bavariya» omadliroq chiqdi. U sentyabrda tizza suyaklarining sinishi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bernat «Barselona»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur.

Yarim himoyachilar:

Aksel Vitsel («Borussiya Dortmund»; Belgiya)

1212pzщklщpkep

«Borussiya»ga pley-offda juda qiyin bo‘ladi. Klub asosiy darvozaboni yo‘qotdi. Keyinroq o‘yin tempini belgilab beruvchi Vitsel ham foydasiz futbolchiga aylandi. Aksel olgan jarohat juda jiddiy. Shifokorlarning aytishicha, hatto Evropa chempionati ham Akselsiz o‘tadi.

Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»; Belgiya)

Boshqa bir belgiyalikda ahvol ancha yaxshiroq. U «Borussiya M» bilan ilk o‘yinni o‘tkazib yuboradi, biroq javob uchrashuvini asosiy tarkibda boshlaydi. Pep o‘tgan mavsumda Kevin bilan tavakkal qilgani qimmatga tushganini unutmagan. Shu bois, De Bryuyne «lazaret»ni birinchilardan bo‘lib tark etadi.

Anxel Di Mariya (PSJ; Argentina)

1212polkushopkep

EChL borasida chinakam professionallardan biri – Di Mariya ham «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. 2013/14 yilgi EChL finalining eng yaxshi futbolchisi Pochettinoga muhim bahsda yordam bera olmaydi. Murabbiy argentinalikning o‘rnini to‘ldirishga urinib ko‘radi, biroq bu oson bo‘lmaydi. Anxel so‘nggi mavsumlarda Parij jamoasining soyadagi qahramoniga aylanib bo‘lgan.

Hujumchilar:

Neymar (PSJ; Braziliya)

1212pokrkerker

Di Mariya 7 fevral sanasida jarohat olgan edi. 3 kun o‘tib Neymar safdan chiqdi. «Kann»ga qarshi muhim bo‘lmagan bahsda braziliyalik keskin qarshilikka uchradi. Oqibatda, «Kamp Nou»dagi printsipial o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Frantsuz nashrlari hujumchini javob uchrashuvga qadar sog‘ayib ketishiga ishonmayapti.

Eden Azar («Real Madrid»; Belgiya)

1212plщkupokeopke

Azar «Real»ga Ronalduning o‘rnini egallash uchun tashrif buyurdi, ammo hech narsa ko‘rsata olmadi. Bunga u olgan jarohatlar to‘sqinlik qilgani rost. Umumiy hisobda 10 bor shifokorlar yordamida maydonni tark etgan vinger klub tarixidagi eng omadsiz transferga aylanib bormoqda. Hozir u olgan jarohat bir muncha engil. Klub shifokorlari mart oyining o‘rtalarida Edenni safga qaytishini ma’lum qilishdi.

Ansu Fati («Barselona»; Ispaniya)

1212prlkelщkщlpke

O‘tgan yil boshida Fati eng qimmat yosh futbolchi sifatida muxlislar e’tiborini qozondi. «El klassiko»da gol kiritdi va klubning kelajakdagi umidiga aylandi. Afsuski, noyabr oyida olingan jarohat Fatiga pand berdi. Tizzasidan olgan jarohati sababli Ansu jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ldi. U agar «Barselona» PSJdan o‘ta olsagina EChLda to‘p surishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!