
EChL. "Real" so‘nggi turda ham tomoshabop o‘yin namoyish etdi va g‘alaba qozondi. Madridliklarda 100 foizlik natija!
EChL 6-turidan o‘rin olgan "Union Berlin" - "Real" uchrashuvi yakunlandi. O‘yin 2:3 hisobida mehmonlar g‘alabasi bilan tugadi.
Maydon egalari safida gollarga Folland va Kral mualliflik qildi. "Qaymoqranglilar"ning gollari Xoselu (dubl) va Sebalos nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Real" oltinchi turda ham 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda 18 ochko to‘pladi hamda 100 foizlik natija qayd etdi. Germaniyaliklar hisobida 2 ochko mavjud va klub guruhda so‘nggi pog‘onani band etdi.
Fikrlar