
EChL. "Vilyarreal" Ispaniyada qoladi, "Liverpul" esa Frantsiyaga boradi
Evropa chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Vilyarreal" - "Liverpul" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mersisaydliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, birinchi taymda Dia hamda Koklen jamoasining hisobdagi ustunligini ta’minladi. Ikkinchi bo‘limda Fabino, Dias hamda Mane gol urib, hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "qizillar" EChL finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar