
EChL yarim finalidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Real" o‘yinini kimlar sharhlashi ma’lum
Bugun Evropa Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Real" bahsi bo‘lib o‘tadi. Myunxendagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.
O‘yinni "Sport" telekanali jonli efirda olib beradi. Bellashuvni Davron Fayziev va Xayrulla Hamidov sharhlab boradi.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" chorak finalda "Arsenal"ni, "Real" esa "Manchester Siti"ni ortda qoldirib ketgandi. Angliyaning ikki jamoasini taslim etgan jamoalar bugun o‘zaro to‘qnashadi.
Fikrlar