EChL yarim finaliga chiqqan jamoa murabbiy bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 30 aprel, 2024, 16:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiy Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirishga tayyor, deb xabar beradi L'Equipe. Mutaxassisning klub bilan amaldagi kelishuvi 2025 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Parijliklar ispaniyalikning ishidan qoniqish hosil qilmoqda va unga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Mavsum yakunida tomonlar muzokara olib boradi.

Enrike 2023 yildan beri parijliklarni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa muddatidan avval Fransiya chempioniga aylanib, mamlakat kubogi finali va Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib bordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!