EChLda bunday holat 2011 yildan ilk bor kuzatilmoqda

  • 12.12.2019 15:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasining 2019/20 yilgi mavsum guruh bosqichi o‘z nihoyasiga etdi.

E’tiborlisi, so‘nggi 8 yilda ilk bor pley-offda 3 ta Italiya klubi ishtirok etadigan bo‘ldi. Bular "Yuventus", "Napoli" va "Atalanta".

So‘nggi bor bunday holat 2011/12 yilgi mavsumda kuzatilgan edi. O‘shanda "Yuventus", "Napoli" va "Inter" EChL pley-offiga chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi qur’a tashlash marosimi 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!