ECHLni yondirgan futbolchini ingliz grandlari nishonga oldi

  • 21.02.2026 21:45
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Nyukasl" vingeri Entoni Gordon APLning grand klublaridan birida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Evropa Chempionlar ligasining pley-off oʻyinida "Qorabogʻ"ga qarshi bahsda pokerni rasmiylashtirgan Entoni Gordonning xizmatlariga APLning amaldagi chempioni "Liverpul" va ayni vaqtda turnir jadvali yetakchisi boʻlib turgan "Arsenal" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining oʻzi ushbu takliflarga quyidagicha izoh berdi.

"Hammasi odatdagidek. Men hech narsa eshitmadim. Ehtimol ular bu narsalarni OAVga aytishdan avval meni ogohlantirishlari kerakdir. Bularning hammasi bemaʼnilik ekanini tushunish uchun men oʻz yoʻlimda yetarlicha tajriba orttirdim. Men oʻzimga va jamoamga bor eʼtiborimga qarataman. Kelajakka uzoq qarasangiz, kutilganidan pastroq natijalar koʻrsata boshlaysiz. Ishoning men bunga guvoh boʻlganman va buni qayta takrorlashni istamayman", - dedi Gordon.

Maʼlumot uchun, angliyalik vinger joriy mavsumda umumiy 36ta uchrashuvda maydonga tushib, 14ta gol va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!