Eduardo Kamavinga Angolada bolalar futbol akademiyasini ochmoqchi
Madridning "Real" klubi va Frantsiya terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Angolada bolalar futbol akademiyasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "RMC Sport" xabar berdi.
Yaqin kunlarda futbolchi 23 yil avval tug‘ilgan mamlakatiga tashrif buyurdi va u erda Yoshlar va sport vazirligiga bordi.
"Men o‘z yurtimga qaytganimdan juda xursandman va uning rivojiga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega ekanimdan mamnunman", — dedi Kamavinga.
Avvalroq yarim himoyachi Afrika millatlar kubogida Angola terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan edi. Musobaqaning guruh bosqichi birinchi turida Angola JAR terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
26 dekabr kuni Angola terma jamoasi Zimbabvega qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar