
Ekitike "Liverpul"da qancha oylik maosh oladi?
Ugo Ekitike "Liverpul" safida ayni paytgacha erishganidan yuqori maosh oladigan bo‘ldi.
"Sky Sport Deutschland" jurnalisti Patrik Bergerning xabariga ko‘ra, 22 yoshli hujumchi ingliz klubi bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolaydi va yillik 15–16 million evro maosh oladi (soliqlardan tashqari).
Futbolchining "Ayntraxt"dan "Liverpul"ga transferi klubga 90 million evro, bonuslar bilan esa 95 million evroga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ekitike o‘tgan mavsum Bundesligada 33 o‘yin o‘tkazib, 15 gol va 8 golli uzatma bilan jamoaga muhim hissa qo‘shgan.
Fikrlar