Ekitike: "Menga eng katta ilhomni Benzema va Neymar bergan"

  • 07.02.2026 22:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitike oʻzini kimlar eng koʻp ruhlantirgani haqida gapirdi.

"Menga eng katta ilhomni Karim Benzema va Neymar bergan. Benzema bilan bir pozitsiyada oʻynaymiz, uning oʻyin uslubi menga juda yoqadi. U haqiqatdan ham ajoyib futbolchi. Golli uzatmalar beradi, gol uradi va jamoa manfaati yoʻlida oʻynaydi. Men ham aynan shunday futbolchi boʻlishni istayman", — dedi Ekitike.

Ugo Ekitike 2025 yilda "Ayntrax"dan "Liverpul"ga 95 million yevro evaziga oʻtgan edi. Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyunga qadar moʻljallangan.

Joriy mavsumda hujumchi "qizillar" safida 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!