Ekspert hakamlar guruhi tomonidan “Paxtakor” — “Neftchi” uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar bo‘yicha ma’lumot!

  • 14.09.2025 14:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda bir nechta bahsli holatlar qayd etildi.

O‘yinning 23-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi to‘p uchun kurashmayotgan vaziyatda raqib o‘yinchisining yuziga ataylab, tirsagi bilan tajovuzkor tarzda zarba berdi. Bosh hakam ushbu holat bo‘yicha VAR hakami yordamida to‘g‘ri qaror chiqarib, qoida buzgan futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgan holda maydondan chetlatdi.

Ikkinchi holat o‘yinning 45+10-daqiqasida sodir bo‘ldi. Unda “Neftchi” futbolchisi to‘pga egalik qilish uchun kurashayotgan, to‘pga o‘ynayotgan, raqibi tomoniga qo‘lini qo‘yayotgan paytda “Paxtakor” futbolchisining yuziga tegib ketdi. Ushbu vaziyat uchun bosh hakam “Neftchi” futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatmay noto‘g‘ri qaror qabul qildi.

O‘yinning 45-daqiqasida “Paxtakor” futbolchisiga “Neftchi” himoyachisi tomonidan jarima maydonchasi ichida qo‘pollik ishlatildi. Bu vaziyatda “Neftchi” futbolchisi raqibi boshqa yo‘nalishda harakatlanayotganiga qaramay, oyog‘ini ko‘tarib, qo‘pol tarzda harakat qildi va “Paxtakor” futbolchisining yiqilishiga sabab bo‘ldi. Bosh hakam bu holatda to‘g‘ri qaror chiqarib, “Neftchi” darvozasiga penalti belgiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
14/09/2025 19:37
Албатта тугри деб топилади,халоллик йук жойда.Чунки бу пойтахт жамоси.Олдин хам фикримни айтганман.Воха ва Водий уз чемпионатини ташкил килиш керак.Жамоалар етарлича. УФА аут.