Ektor Kuper: Biz “Shina Cup” musobaqasida Osiyo Kubogidagi kabi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz

  • 20 mart, 2019, 15:10
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, bugun Nanning shahridagi “Guanxi Sports Centre” stadionida “China Cup-2019” musobaqasi oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi. Matbuot anjumanida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodov qatnashdi. Dastlab, Kuper o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

8464b15baad2628f502746d74abe3146266de916

Ektor Kuper: - Bu erda bo‘lib turganimdan xursandman. “Shina Cup” juda yaxshi musobaqa. Bu turnirda kuchli jamoalar ishtirok etishadi. Ularga qarshi o‘ynash biz uchun foydali bo‘lishi shubhasiz. Ushbu musobaqa orqali jahon chempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘ramiz. Tayyorlanish uchun ko‘p vaqt bo‘lmadi. Kecha keldik. Hozircha, bir marta mashg‘ulot o‘tkazdik. Shunga qaramay, musobaqa davomida o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga intilamiz.

Osiyo Kubogi bilan solishtirganda, tarkibimizda katta o‘zgarishlar yo‘q. Deyarli o‘sha futbolchilar bilan Xitoyga tashrif buyurdik. “China Cup” musobaqasida Osiyo Kubogidagi kabi o‘yin namoyish qilishga harakat qilamiz. Har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Xitoyga birinchi bor kelishim. Avval bu mamlakatda bo‘lmaganman. Shu sababli jamoam bilan yorqin o‘yin namoyish qilishni maqsad qilganmiz. Ammo biz uchun eng muhimi JChga yo‘llanmani qo‘lga kiritish.

8fbc16cc2a10c7f6f7ee3953325d8a9039fa11b8

Fabio Kannavaro ayni paytda Xitoy terma jamoasini boshqarib borayotganini bilaman. U 15 yil oldin Milanning «Inter” tarkibida o‘ynagandi. U juda yaxshi futbolchi. Tartibli o‘yin namoyish qilardi. U murabbiy sifatida ancha tajriba to‘plagani aniq. Futbolchilardan ham tartib intizomga amal qilishni talab qilishi tabiiy. Men Kannavaroga murabbiylik faoliyatida omad tilayman. U buyuk murabbiy bo‘lib etishishiga ishonaman. Unda buning uchun barcha jihatlar mavjud. Agar maydonda murabbiy sifatida uchrashadigan bo‘lsak, Kannavaroni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilaman.

ec1d636e8e6d56ed9a7ed7109a6c9ae55ccd4e1a

Jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish juda yaxshi g‘oya. Bu faqat O‘zbekiston yoki Xitoy uchun emas, Osiyodagi barcha terma jamoalar uchun juda yaxshi imkoniyat. Men bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlayman. Bu holat butun dunyoda futbol rivojiga hissa qo‘shishi aniq.

Eldor Shomurodov: - Bizni Xitoyda juda yaxshi kutib olishdi. Buning uchun tashkilotchilarga katta rahmat. Nanning yangi shahar ekan. Juda chiroyli, menga yoqdi va ijobiy taassurot qoldirdi.

f7f5c3ebfcbe402a9c893249b1fb5d260fbb78a6

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dastan Uteuliev
20/03/2019 17:22
бурынгы состав кимге керек. Ишиндеги шалдарды жоккылыу керек. Бикмаев надел кылдын. Кетип жокбол. Пепсилиганда ойнап журебер
ikbol Urinov
22/03/2019 09:24
Kutamiz
Said Said
20/03/2019 20:14
Agar Urugvayni yuta olmasak demak Kapadze davridan beri hech narsa ozgarmagan boladi tamom vassalom
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
20/03/2019 15:23
агар ЖЧ иштирокчилари сони ортса, бу мураббийга жавоб бериб юборса ҳам бўлади. оддий мураббий билан ҳам чиқиш мумкин бўлади ўшанда
Ronaldo Junior
20/03/2019 22:56
Demak yaxshi natijadan umid qilmasa ham b`oladi
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
20/03/2019 15:22
демак яна ютқазиб қайтиб келарканмизда