Ektor Kuper: Germaniyada o‘ynayotgan futbolchimizni ham kuzatib bormoqdamiz

"Shuni aytmoqchi edim, men jamoani juda yaxshi kayfiyatda ko‘rmoqdaman. Biz doimo g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Ammo har doim ham bunday bo‘lavermaydi. Mag‘lub bo‘lganda, hamma narsa o‘xshamadi deb ayta olmayman. Uzr va katta rahmat.

Bilasizmi, men o‘zimning oldingi tajribamdan kelib chiqib ishlayman. Bilasizmi, men Misrda qancha vaqtdan keyin kuchli terma bilan o‘yin o‘tkazdim. 1 yil 4 oydan keyin kuchli raqib bilan o‘ynaganman. O‘shanda Kolumbiya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan edik. 

Turkiya bilan o‘yinda ikkita to‘pni standartdan o‘tkazib yubordik. Bu mening xatoim. 

Futbolchilarning o‘yini har doim  ham yaxshi chiqavermaydi. Bu balki mening taktikam bois, balki boshqa narsa bunga sabab bo‘lishi mumkin. Men Javohir Sidiqovga erkin harakat qilishga imkon beraman. Taktikani bir futbolchiga qarab tuzmayman.

Turkiya bilan o‘yinda standard vaziyatdan ikkita to‘p o‘tkazib yubordik va meni bu narsa qoniqtirmadi. Masalan boshqa kuchsiz o‘yinda maydonga tushganimizda bunday bo‘lmas edi. Ertaga ham yangi futbolchilar maydonga tushishi mumkin. Turklarga qarshi o‘yindan keyin meni qoniqtirgan jihatlar bo‘ldi, ammo buni ochiqlamagan bo‘lar edim. O‘sha bahsda juda yaxshi o‘ynagan futbolchilar ham bo‘ldi. Debyut uchrashuvlarini yaxshi o‘tkazgan futbolchilarni ham ta’kidlagan bo‘lar edim.

Standartlardan o‘tkazilgan gollarda Ismoilov va Krimetsni alohida xato qildi deb aytmagan bo‘lar edim. Bu borada ishlashda davom etamiz. Balki men xato qilgandirman. Raqib kuchli edi va bunday xatolarni kechirmadi.

Vitaliy Denisov, Rustam Ashurmatov, Sherzod A’zamov nega chaqirilmaydi? Siz faqat shu uch futbolchini aytasizmi? Biz barcha futbolchilarni kuzatdik, hattoki Germaniya uchinchi Bundesligasida to‘p suradigan futbolchimizni ham kuzatib boryapmiz", - dedi Kuper.

Shahzod Xolboev, Azamat Umarov (surat muallifi)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
HAMMAH STAR
06/06/2019 19:52
Kuper keliwidan oldin. Xujumda uynardik lekn ğalabani olb qolw qiyn edi. Gol urardik ortidan 2ta gol utkizardik. Kuper 1 oyda xaqiqiy futbool kuraszlar degandi uzbek futbool cilari dankasa uzini ustida iwlamasligini bilmasdi. Kip kurdi quydan farqi yuqligini 1 oyda quyni yoziwga urgatib bumagandik bizning quylarni futbolga urgatib bumasligini. Aytgandi ximoyani mustaxkamlab olaman degandi ximoyani mustaxkamlayabdi. Lekn standartlarda gol utkazyabmz. Bizga wilankalarmas xaqiqiy jaydari bolla buyi past busa ham yaxwi pazitsiya tallab topni uzoqlawtiradigan meyyali futbool cilar kerak. Avval ximoyani zor qiliw kerak wunda brazilya biz bilan uylab uynaydi. Ximoya 0da urugvauy turkiya bilan uynay deyszlar toğri kucli jamoalarga qarwi uynaw kerak lekn faqat pul ketqazib uynagandan kura 1 oyda 2 ta uyin 24 soatlab 26 kun wuğullaniw. 1ci ximoya keyn xujum wund a tenma teng uynaymz turkiya bilan lekn turkiyaga qarwi xujum 0 xarakat qildi eplab tepomadi masharipov yotvoluvirdi u xakam yevropada iwlagan sandaqalarni kopini kurgan sal oxwatib yiql man futbolga bormaganman lekn kurmasman. Bilaman vatan ucun gol uriw ğalaba qilw ucun uynayabsan. JCH chiqiwni xoxlayabmizmi demak yuqiliwni ham ustida iwlaw kerak. keyn xujumda nega 2 odam oraliğdan bermiszlar faqat orqadan utadi pas tawayszlar u boshga uzatadi buni ham uzgattiriw kerak. Xujumda yevropa jamoalariga qarwi tezroq va aqilli roq uynash kerak tavakkal ham kerak aftobus usulida uynaw kerak ularga qarwi. Qanidi mani maslaxatci qib osaylar
&
darwesh
06/06/2019 19:08
Купер бош мураббий сифатида хохлаган уйинчини чакириши мумкин. Кимнидир чакирмаган булса, у таркибга уша уйинчи мос тушмайди деб хисоблаган. Ва бу тугри кабул килиниши керак деб уйлайман.