EL. "Barsa"ga qarshi 2 gol va 1 assist qayd etgan futbolchi haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘la olmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa ligasida chorak final bosqich uchrashuvlari yakuniga etdi. Unga ko‘ra, "Ayntraxt", "Vest Xem", "Leyptsig" va "Reynjers" jamoalari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, UEFA rasmiy sayti 1/4 final javob uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, "Leyptsig" futbolchisi Kristofer Nkunku ushbu nominatsiyada g‘olib, deb topildi.

"Barselona" bilan o‘yinda 2 gol urib, yana bir golli uzatma amalga oshirgan "Ayntraxt" vakili Filipp Kostich bu borada Nkunkudan o‘tib keta olmadi.

"Leyptsig" futbolchisi hisobida ham 2 gol mavjud. Uning jamoasi aynan Kristofer urgan ikki gol evaziga "Atalanta"ni 2:0 hisobida taslim etdi. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!