"El-klasiko" qahramoni: Biz ertaroq g‘alaba qozonishimiz mumkin edi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde Ispaniya Superkubogi doirasidagi "Barselona"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Fedening qo‘shimcha bo‘limlarda urgan goli "qirollik klubi"ga g‘alaba keltirdi. 

"Biz ajoyib ishladik, butun jamoa yaxshi o‘ynaydi. Bunday muhim o‘yinda menga imkoniyat berilganidan xursandman. Ochig‘i, imkoniyatlardan ko‘proq foydalanishimiz kerak. Biz ertaroq g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. 

Garchi o‘yinlar ba’zida ularning foydasiga hal bo‘lmasa ham, "Barselona" "Barselona" bo‘lib qolaveradi", - deydi futbolchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
13/01/2022 18:55
Malades real madrid faqat olģa kuztegmasi gooooooo kubukniyam olsin iwqilib