Asosiy mazmunga oʻtish

"El klasiko" taqdirini 88-daqiqadagi gol hal qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻr oʻyin boʻldi

Ispaniya chempionati — La Liganing o'ninchi turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tdi. Unda mahalliy «Barselona» o'z maydonida ashaddiy raqib  «Real»ni qabul qildi.

Katta qiziqish bilan kutilgan bellashuv mehmonlarning yutugi bilan yakunlandi — «Real» 2:1 hisobida g'alaba qozondi. 

Hisob 41-daqiqada ochildi: Kilian Mbappe aniq zarbasi bilan madriddliklarni oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada Rafinya javob golini urdi va «Barselona» hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Biroq 88-daqiqada yana Mbappe sahnaga chiqdi — uning ikkinchi goli «Real»ga muhim uch ochko keltirdi.

Shu tariqa, «Barselona» joriy mavsumda ilk marta mag'lubiyatga uchradi. Undan avval kataloniyaliklar to'qqiz o'yinda to'liq g'alaba qozonib kelaotgan edi. 

Endi «Barselona»ning hisobida 27 ochko qoldi, «Real» esa ushbu g'alabadan so'ng 24 ochkoga ega bo'ldi. Keyingi turda «Barselona» o'z maydonida «Alaves»ni qabul qiladi, madriddliklar esa safarda «Rasing»ga qarshi maydonga tushishadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q