"El-klasiko" tarixi: "Real Madrid" hali ham oldinda
Ispaniyaning ikki yirik grandi — "Barselona" va "Real Madrid" oʻrtasidagi "El-klasiko" qarama-qarshiligi dunyo futbolining eng mashhur toʻqnashuvlaridan biri hisoblanadi.
Hozirga qadar oʻtkazilgan oʻzaro uchrashuvlar statistikasiга koʻra, “Real Madrid” raqibidan ustunlikni saqlab turibdi:
• "Barselona" — 105 gʻalaba
• Duranglar — 52 ta
• "Real Madrid" — 106 gʻalaba
Shu tariqa, madridliklar "El-klasiko" tarixida atigi bir gʻalaba farqi bilan oldinda bormoqda.
Eslatib oʻtamiz, bugun ham ikki jamoa oʻzaro kuch sinashadi. Agar kataloniyaliklar durang yoki gʻalaba qayd etsa, La Liga chempionligini rasmiylashtiradi.
Maʼlumot oʻrnida, boʻlajak toʻqnashuv Toshkent vaqti bilan 00:00’da start oladi.

Fikrlar