
El Mundo Deportivo: Ronaldu Neymar "Yuventus"ga o‘tishini ma’qulladi
Braziliya terma jamoasi va PSJ klubi forvardi Neymar "Yuventus"da faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Portugaliyalik xujumchi Ronaldu Turin jamoasiga Neymar kelishini ma’qulladi. Futbolchilarning o‘zaro do‘stona munosabatlari jiddiylashgan. So‘nggi vaqtlarda, reklama aktsiyalarida birgalikda qatnashishmoqda.
Manbaaning ta’kidlashicha, Ronaldu Neymar bilan maydonda o‘zaro ajoyib tandem hosil qilishiga ishonmoqda. Krishtianuning fikricha, Braziliyalik futbolchi "Yuventus"ga Chepmionlar ligasi finaliga chiqishga katta yordam berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, PSJning 27 yoshli xujumchisi bir necha bor "Barselona"ga qaytish istagi borligini aytib o‘tgan.
Fikrlar