
EL. "Yuventus" va "Bayer" ham keyingi bosqichga yo‘l oldi
Evropa ligasining chorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi.
"Yuventus" javob bahsida "Sporting" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ammo jamoa birinchi bahsda g‘alaba qozongani uchun yarim finalga yo‘l oldi. Gollarga Rabo va Edvards mualliflik qildi.
"Bayer" esa safarda "Yunion"ni yirik 4:1 hisobida mag‘lub qildi. Diabi, Bakker, Frimpong va Glojek raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, javob golini Terxo kiritdi.
Fikrlar