Eldor Sakaev: Bugun mag‘lubiyat tugul, durang o‘ynashga ham haqqimiz yo‘q edi
"Bugun katta futbol bayrami bo‘lib o‘tdi. Mavsumdagi dastlabki uy uchrashuvimiz qiyin o‘tdi. Stadion, atmosfera ajoyib bo‘ldi, barchasi. Yigitlar yurakdan o‘ynashdi va buning uchun ularga rahmat aytaman. Bugun Andijon xalqini xursand etish uchun maydonga tushgan edik va buni uddaladik.
Futbolda konsentratsiyani yo‘qotish tabiiy jarayon va bu bo‘lib turadi. Bugun bizni juda katta bosim kutib turgan edi. Chunki har doim ham bunday bayramlar bo‘lavermaydi.
Biz hisob uchun o‘ynadik. Men ham aslida hujumkor futbol tarafdoriman. Bugun mag‘lubiyat tugul, durang o‘yamasligimiz kerak edi. Shukurki, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.
"Nasaf" juda jiddiy raqib va ularning "Paxtakor"ga qarshi o‘yini katta taassurot qoldirgan edi", - deb Sakaevning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Shahzod Xolboev.

Fikrlar