Eldor Shomurodov hamda Abbosbek Fayzullaevning "Gёztepe"ga qarshi oʻyini necha ballga loyiq koʻrildi?

  • 07.03.2026 20:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 25-turida "Istanbul Boshakshehir" "Gёztepe" bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida zafar quchdi. O‘yinni Eldor Shomurodov to‘liq o‘tkazdi, Abbosbek Fayzullaev esa ikkinchi bo‘lim avvalida o‘zgartirildi. 22 yoshli hujumchimiz jamoasining birinchi goliga assistentlik qildi. 

Turli xil statistik portallar bugungi uchrashuvdan so‘ng ikki vakilimizning o‘yini turlicha baholadi. 

"Fotmob" Abbosni 7.1 ballga, Eldorni esa 6.8 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Fayzullaevga 6.8 ball, Shomurodovga 7.1 ball qo‘ydi. 

Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti 22 yoshli hujumchimizga 7.3 ball berdi. Milliy terma jamoamiz sardoriga esa 6.1 ballni loyiq ko‘rdi. 

Eslatib o‘tamiz, "Istanbul Boshakshehir" navbatdagi bellashuvini 14 mart kuni "Galatasaray"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!