Eldor Shomurodov Jahon chempionati rasmiy sahifasi tashkil etgan so‘rovnomada ishtirok etmoqda!

  • 11 iyun, 2021, 22:48
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" klubi safida yorqin o‘yinlaridan keyin, milliy terma jamoa safida ham o‘zining to‘purarlik qobiliyatini namoyish etayotgan Eldor Shomurodov dunyo muxlis va mutaxassislari og‘ziga tushmoqda.

Tecno

2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining "Instagram"dagi rasmiy sahifasi so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Unda legionerimiz va iordaniyalik Baxa Faysal ishtirok etyapti. Hozircha, jarayonning 12 soati ortda qolgan bir paytda, Faysal oldinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, Shomurodov 6-turdan keyin 7 ta gol urgan holda, to‘purarlar ro‘yxatida 4-o‘rinni egallagan. Uning raqibi esa, 6 gol bilan 6-pog‘onada joylashgan.

Quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etib, hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga egasiz: 

https://instagram.com/stories/fifaworldcup/2593487877609111541?utm_medium=share_sheet

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!