
Eldor Shomurodov jahonning qaysi hujumchilariga o‘xshashga harakat qiladi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.
Unda hujumchimiz jahonning yaqin o‘tmishdagi yulduzlari Fernando Torres va Dide Drogbaga o‘xshashga harakat qilishini aytib o‘tdi.
- Bolaligimda Fernando Torres va Dide Drogba ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rardim. Menga Torresning uslubi hamda Drogbaning maydondagi ishonchi juda yoqardi. Men ular kabi bo‘lish uchun ko‘p harakat qilaman, - dedi Shomurodov.
Fikrlar