Eldor Shomurodov jamoasi ertangi uchrashuvga tayyor
"Jenoa" A Seriya navbatdagi turini 13 mart kuni o‘z uyida o‘tkazadi. Shu kuni Genuyaga "Udineze" tashrif buyuradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi.
Mazkur bahs oldidan Eldor Shomurodov jamoasi oxrigi tayyorgarlikni o‘tadi. Davide Ballardini shogirdlari boy berilgan ochkolarning o‘rnini qoplash uchun mashg‘ulotlarda qattiq ishlashdi. Raqibning o‘ziga xos tomonlarini o‘zganish uchun mashg‘ulotlardan so‘ng murabbiylar shtabi futbolchilarga ularning o‘yinlari aks etgan videolarni ko‘rsatishdi. Darvozaga zarba berish, texnik va taktik ko‘rsatmalar berildi.
Avvalgi xabarlarimizda jamoaning jarohat olgan asosiy futbolchilaridan biri safga qaytgani borasida ma’lumot bergandik.
"Jenoa" mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Jamoaning asosiy futbolchilaridan biri safga qaytdi (Foto)



Fikrlar