Eldor Shomurodov o‘zbek muxlislariga salom yo‘lladi
Italiya A Seriyasining 33-turida "Jenoa" "Spetsiya"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda ikkinchi golni urgan Eldor Shomurodov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Ha, bugun gol urganimdan juda xursandman. Ushbu golni o‘g‘limga bag‘ishlayman.
Barcha o‘zbekistonliklarga salom. “Jenoa”ga muxlislik qilishda davom eting. Xudo xohlasa, yanayam yaxshi o‘yinlar bilan xursand qilishga harakat qilamiz", - dedi Eldor.

Fikrlar