
Eldor Shomurodovning dubli "Kalyari"ning g‘alabasini ta’minladi!
A Seriya 28-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Salernitana" bahsi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda sardiniyaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Jarohatidan qaytgan Eldor Shomurodov ikkinchi taymning boshida maydonga tushdi va 51-daqiqada "Kalyari"dagi debyut golini urdi. 76-daqiqada esa chap qanotdan reyd uyushtirib, yana bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi.
Shu tariqa, sardiniyaliklar A Seriya turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar