Elit OCHL. “Traktor” Hamrobekov to‘liq o‘ynagan bahsda g‘alaba qozondi
Elit Osiyo Chempionlar ligasining so‘nggi 8-turi doirasida Qatarning “Al-G‘arafa” jamoasi o‘z maydonida Eronning “Traktor” klubini qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mazkur bahsda “Traktor” safida hamyurtimiz Odil Hamrobekov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. O‘zbekistonlik yarim himoyachining o‘yini Sofascore statistik nashri tomonidan 7,6 ballga loyiq ko‘rildi.
Shu tariqa, tabrizliklar guruh bosqichida 17 ochko jamgarib, pley-offga yo‘l oldi.
- Osiyo - AFC Champions League Elite
- League Stage
Al Gharafa
Tugadi
0
:
2
17.02.2026 21:00
Traktorsozi
- Mehdi Hashemnejad 61'
- Amirhossein Hosseinzadeh 81'
Fikrlar