Elman Tagaev: "Navbahor"ga qaytishga tayyorman

  • 10.07.2019 16:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsumni «Navbahor»da boshlab, dastlabki davra o‘rtalarida jamoani tark etgan turkmanistonlik yarim himoyachi yana Namanganda to‘p surishi mumkin. U bilan qisqacha suhbatlashdik.

- Hozirda biror jamoa safida to‘p suryapsizmi?

- Yo‘q. «Ahal» jamoasida safida formamni ushlab turish uchun shug‘ullanyapman. 

- «Navbahor»dan nima uchun ketgandingiz?
- Oilaviy muammolar tufayli O‘zbekistondan ketishga to‘g‘ri kelgan. Boshqa sabab yo‘q.

- Jamoa bilan tuzilgan shartnoma nima bo‘lgan?
- O‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilingan. Hozirda erkin agentman.

- Yana «Navbahor»da to‘p surishingiz mumkinmi?

- Albatta. «Navbahor»da o‘ynashga tayyorman. Qachon taklif qilishsa o‘shanda tarkibga qo‘shilaman.

- Bir vaqtlar Rahim Qurbonmamedov «lochinlar»ga ustozlik qilgandi. Hozir qaerda ishlayapti?
- Qurbonmamedov «Shagadam» jamoasida ishlamoqda. 2005 yili ko‘plab yurtdoshlarim Namanganda to‘p tepishgan. Goleadorlik mahoratini ko‘rsatgan Orif Mirzoevni akamdek ko‘raman. 

- Andrey Kanchelskis jamoani tark etgan...
- Ha, xabarim bor. Yangi murabbiy Deyan Jurjevich haqida eshitganman. Tajribali murabbiy deb o‘ylayman.

Ulug‘bek suhbatlashdi.

Manbaa: lochinlar.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!