
Elnur Abduraimov va Dilshodbek Ro‘zmetovning navbatdagi bosqichdagi raqiblari Osiyo va Evropa o‘yinlari chempioni bo‘ladi
Bugun boks musobaqalari doirasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov va Dilshodbek Ro‘zmetovning navbatdagi bosqichdagi raqiblari ham ma’lum bo‘lib ulgurgan.
Unga ko‘ra, Abduraimov 31 iyul kuni 1/8 final doirasida 2019 yilgi Osiyo chempioni Tojikiston vakilli Bahodur Usmonov bilan kuch sinashadi.
Ro‘zmetovning 28 iyul kungi raqibi esa amaldagi Evropa o‘yinlari chempioni, Evropa mintaqaviy kvalifikatsion turniri g‘olibi asli kubalik bo‘lgan, Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan Alfonso Dominges bo‘ladi. Ro‘zmetov ushbu raqib bilan 2019 yil Ekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati chorak finalida to‘qnash kelib g‘alabaga erishgan edi. Dominges bu safar revansh olishga harakat qilib ko‘radi.
Fikrlar