Elnur Abduraimov vazn o‘lchash marosimidan o‘tib oldi
Xabaringiz bor, 7-dan 8 mayga o‘tar kechasi professional boks olamida ajoyib janglarni tomosha qilamiz. Markaziy jang yarim og‘ir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivol hamda Saul Alvares o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu jang kechasida hamyurtimiz Elnur Abduraimov (8-0,7 KO) ham ringga ko‘tariladi. Yurtdoshimiz super yarim engil vazn (58,9 kg) toifasida kubalik Manuel Korrea (11-0,7KO) bilan to‘qnash keladi. Biroz avval, jang avvalidagi vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, hamyurtimiz 58,6 kg tosh bosgan bo‘lsa, kubalik raqibi Korreaning vazni 58,2 kgni tashkil etdi. Shu tariqa har ikki bokschi vazn me’yorini bajara oldi.

Fikrlar