Elnur Abduraimovning “IBA chempionlar oqshomi"dagi raqibi ma’lum!

  • 30.03.2024 14:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, 14 aprel kuni Toshkentda katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.  “IBA chempionlar oqshomi”ning markaziy jangida Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi jang qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi, Jahon terma jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Hozirga kelib, bokschilarimizning raqiblariga oydinlik kiritilmoqda. Jumladan, Elnur Abduraimov ham ushbu kechada ringga ko‘tariladi. Bokschimizning otasi Nurg‘ali Abduraimovning bizga ma’lum qilishicha unga venesuelalik Angel Rodriges (21-3,11 KO) raqiblik qiladigan bo‘ldi.
Qolgan bokschilarimizning raqiblarini ham tez orada e’tiboringizga havola etamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!