Elnur Aburaimov kamar uchun jang qiladi. Raqib ham aniq bo‘ldi

  • 27 iyul, 2022, 12:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning birinchi engil vazn toifasida (58,9 kg) faoliyat olib borayotgan bokschimiz Elnur Abduraimov (8-0, 7KO) o‘zining navbatdagi jangini 28 iyul kuni o‘tkazadi. AQShning Kaliforniya shtatida Golden Boy promouterlik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan boks oqshomida Abduraimovga meksikalik Leonel Moreno (11-1-1, 9KO) raqiblik qiladi. 10 raund etib belgilangan bahs IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!