"Elorda kubogi". Birinchi kunda bitta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat, ertaga 3 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi

  • 27 iyun, 2023, 22:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Qozog‘istonning Astana shahrida kattalar o‘rtasida xalqaro "Elorda kubogi" turniri start oldi.

Tecno

Musobaqaning dastlabki kunida ikki nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi. Avvaliga -71 kg vazn toifasida Nurislom Ismoilov mezbon Amangeldi Nurjanga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, ushbu vazndagi boshqa bir bokschimiz Havasbek Asadullaev boshqa bir qozog‘istonlik raqib Akkalikov Sabirjandan ustun keldi.

Ertaga, 28 iyun kuni uch nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. -67 kg: Bekzod Hamidov - Seitjan Raxat (Qozog‘iston) -80 kg: To‘rabek Xabibullaev - Sanjay (Hindiston) -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Shabbos Negmatulloev (Tojikiston) Bahslar Toshkent vaqti bilan taxminan 14:30 dan so‘ng boshlanadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!