"Elorda kubogi": Ikki bokschimizda g‘alaba, bir bokschimiz ishtirokini yakunladi

  • 28 iyun, 2023, 16:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

"Elorda kubogi". Ikki bokschimizda g‘alaba, bir bokschimiz ishtirokini yakunladi Astana shahrida boks bo‘yicha "Elorda kubogi" turniri davom etmoqda.

Tecno

Bugun turnir doirasida uch nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Ularning ikki nafari g‘alabaga erishgan bo‘lsa, bir bokschimiz turnirdagi ishtirokini yakunladi. -80 kg vazn toifasida To‘rabek Xabibullaev va Jasurbek Yo‘ldoshev g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bekzod Hamidov esa afsuski mezbon bokschiga imkoniyatni boy berdi. -67 kg: Bekzod Hamidov - Seitjan Raxat (Qozog‘iston) - mag‘lubiyat -80 kg: To‘rabek Xabibullaev - Sanjay (Hindiston) - g‘alaba -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Shabbos Negmatulloev (Tojikiston) - g‘alaba.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!