
"Elorda kubogi"da ishtirok etuvchi bokschilarimiz bilan tanishing!
Bokschilarimiz "Elorda kubogi"da ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketishdi
27 iyun - 2 iyul kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida xalqaro "Elorda kubogi" musobaqasi o‘tkaziladi.
Musobaqada 10 dan ortiq mamlakatdan 200 nafarga yaqin bokschi ishtirok etadi. Ular qatorida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.
Terma jamoamiz quyidagi tarkibda Astanaga yo‘l oldi:
-51 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-54 kg: Sanjar Vahobov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Mirkomil Saytohunov
-63,5 kg: Adhamjon Muhitdinov
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliev
-67 kg: Bekzod Hamidov
-71 kg: Nurislom Ismoilov
-71 kg: Havasbek Asadullaev
-80 kg: To‘rabek Xabibullaev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-92 kg: Nusratbek Tohirov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Murabbiylar: Xulio Li Echevarria, Akmal Hasanov, Jasurbek Qurbonov, Ruslan Telimbaev, Ozod Hasanov.
Ma’ruf Urdushev musobaqada hakam sifatida ishlaydi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar