Emeri faoliyatida ilk bor Evropa ligasi finalida mag‘lub bo‘ldi. U bungacha 3 ta finalning barchasida g‘alaba qozongan edi

  • 30.05.2019 08:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor kecha Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Evropa ligasi final uchrashuvida “Chelsi” o‘z hamshahari “Arsenal” 4:1 hisobida engdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, “kanonirlar” ustozi Unai Emeri shu kungacha faoliyati davomida ushbu musobaqa finalida qatorasiga 3 marta (2013/14, 2014/15 va 2015/16) ishtirok etgan va ularning barchasida g‘olib chiqqan edi. Ispaniyalik mutaxassis shu tariqa Evropa ligasi finalida birinchi marta mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!