
Emeri: Muxlislar Neymarni yaxshi ko‘radi
PSJ klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa futbolchisi Neymarning muxlislar bilan bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
“Jamoamiz muxlislari PSJning barcha futbolchilarini yaxshi ko‘rishadi. Ular ha bir futbolchini hurmat qilishadi. Muxlislar – aqlli insonlar. Ular jamoada Neymarning ko‘rishdan xursand bo‘ishadi. Agarda, Neymar tayyor bo‘lsa, muxlislar Neymarni qo‘llab-quvvatlashlariga ishonaman”, – deb aytib o‘tdi Emeri.
Eslatib o‘tamiz, “Dijon”ga qarshi bahsda Neymar hisob 7:0 bo‘lib turgan paytda penaltini Kavaniga bermasdan o‘zi tepgani uchun muxlislar unga xushtakbozlik qilishgan edi.
Fikrlar