Emeri yozda "Arsenal"ga 3 nafar yangi futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda

  • 25 mart, 2019, 15:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoasining yozgi transferlar rejasini tuzib chiqmoqda.

The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik mutaxassis mavsumlar oralig‘ida “kanonirlar” safiga 1ta chap qanot himoyachisi hamda 2ta yarim himoyachi sotib olishni rejalashtirgan.

Buning uchun rahbariyat unga 52 mln evro beradi. Biroq, agar “Arsenal” EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa yoki Mesut O‘zil sotib yuborilsa, ushbu mablag‘ yanada oshirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” ayni damda premer-liga musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!