Endi bizga Messi kerakmas!

  • 10.10.2023 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati qishki transferlar vaqtida Lionel Messini ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmayapti.

Mundo Deportivo nashrining ta’kidlashicha, Kataloniya klubida argentinalik yulduzni transfer qilish imkoni yo‘q. Bunga klubning moliyaviy ahvoli va feyr-pley bilan bog‘liq vaziyat yo‘l qo‘ymaydi.

Bundan tashqari, Messining o‘zi ham “Barselona”ga qaytish istagida emas.

Yozda Lionel Messining PSJ bilan shartnomasi tugaganidan keyin "Barselona" uni jamoaga qaytarishni rejalashtirgan edi. Jahon chempionining o‘zi ham Kataloniyaga qaytish istagini bildirgan. Biroq kataloniyaliklar moliyaviy muammolarni hal qila olmagani uchun Messiga rasmiy taklif yubormagan. Oxir-oqibat argentinalik yulduz AQShga yo‘l olib "Inter Mayami" bilan shartnoma tuzdi. 

Ma’lumki, “Inter Mayami” milliy chempionatning pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Shuning uchun Messi va uning jamoadoshlari yangi mavsum boshlangunga qadar ishsiz yuradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!