Endi bizning jamoalar ham murabbiylarga tovon puli to‘lashadi

  • 28.12.2019 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Endi O‘zbekistonda ham muddatidan avval ishdan olingan murabbiylarga tovon puli, ya’ni, kompensatsiya to‘lanadi. Bu haqda O‘zPFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jaev o‘z telegram kanalida ma’lum qildi.

"Sizga yaxshi ma’lum, bizda murabbiylar iste’fosi ko‘p. Futbol klubi istagan vaqtda murabbiyni ko‘chada qoldirishi mumkin.

2020 yildan boshlab shartnomasida ehtimoliy iste’fo uchun kompensatsiya ko‘rsatilmagan murabbiylar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Ya’ni, ish beruvchi xohishiga ko‘ra murabbiy bilan shartnoma muddatidan avval bekor qilinyaptimi, marhamat, klub kompensatsiyani to‘lab qo‘ysin.

Bunda klublar murabbiy bilan shartnomani etti o‘lchab, bir kesib tuzadi. Murabbiyni iste’foga chiqarayotganda ham yaxshilab o‘ylab ko‘radi, unga to‘lanadigan kompensatsiya va yangi murabbiyning xuddi shu ko‘rinishdagi shartnomasi qiynab qo‘ymadimi yoki yo‘q, deb. Bir yillik shartnomalarda kompensatsiya miqdori yillik mehnat haqidan kam bo‘lmasligi kerak. Ko‘p yillik shartnomalarda murabbiy va klublar kompensatsiya miqdorini o‘zaro kelishib oladi, biroq bunda ham summa bir yillik ish haqidan kam bo‘lmasligi lozim", - deydi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!