Endi o‘pishga ruxsat yo‘q

  • 16 may, 2020, 13:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) futbol uchrashuvlari tiklangach, o‘yinchilarga qo‘yiladigan ayrim taqiqlarni ma’lum qildi.

Tecno

AP tarqatgan xabarga ko‘ra, Libertadores kubogida futbolchilarga to‘pni o‘pish, o‘yindan so‘ng o‘zaro libos almashtirish, maydonga tupurish va burnini qoqish qat’iyan taqiqlanadi.

Bundan tashqari, bellashuv oldidan ikki jamoa sardorlari o‘rtasidagi vimpel almashtirish marosimi ham o‘tkazilmaydi. Futbolchilar va murabbiylar o‘yin davomida suvni faqatgina shaxsiy idishlarda ichishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!