Endi Superliga bahslarida "Mash’al" stadioniga kirish tekin!

  • 25.02.2020 15:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

27 fevraldan futbol bo‘yicha yangi mavsum rasman start oladi. Bu borada Superliga debyutanti sanaladigan Muborakning “Mash’al” klubi ham astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqda. Aytish joizki, ular bir qancha yangiliklarga ham qo‘l urishmoqda.

Ahamiyatlisi jamoa rahbariyati muxlislarga yanada qulaylik yaratish maqsadida endilikda stadionga kirish mutlaqo bepul qilib qo‘yildi. Bu borada klub matbuot xizmati ham xabar berdi. “Mash’al” esa ilk turni o‘z maydonida 29 fevral kuni Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Shu tariqa, rahbariyat “Mash’al”ning debyut mavsumida ishqibozlarining ko‘magi har qachongidan ko‘ra muhimroq ekanini inobatga olib, stadionga kirishni pulsiz qilib qo‘yishdi. Bu esa tabiiyki, muxlislarga qulaylik yaratadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!