
Endi terma jamoa murabbiylarining ham maoshi qisqarishni boshladi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt maoshining kamayishiga rozi bo‘ldi.
Sky Sports nashrining xabar berishicha, koronavirus tufayli joriy etilgan karantin paytida Sautgeyt 30% kam maosh oladi.
Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Terma jamoa uning qo‘l ostida JCh-2018 yarim finalga qadar etib kela oldi.
Hozirgi kunda Buyuk Britaniya xududida koronavirus bilan bog‘liq 41903 holat qayd etilgan.
Fikrlar
Бизни МТЖ ва суперлига мураббий ва футболчилари(Отни калласидек) ойлик маошларида хам кисман булсада узгаришлар кузатилармикан ёки давлатни пули "жалко" эмасми.