
Endi u kerak emas! “Bavariya” yulduzi jamoaga sig‘may qoldi
“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani tarkibni o‘ziga moslashtirish maqsadida ayrim futbolchilar bilan xayrlashishni talab qilmoqda.
Klub rahbariyati jamoada 2018 yildan beri o‘ynab kelayotgan markaziy yarim himoyachi Leon Goretskani jamoadan ketishga majbur qilmoqchi.
Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, Myunxen superklubi mutasaddilari 29 yoshli fubolchi yozgi transferlar oynasi yopilgunicha jamoadan ketishi uchun unga bosim o‘tkazmoqda.
Bunga javoban Goretskaning manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar tajribali o‘yinchi klubdan ketmasligini va asosiy tarkibga kirish uchun kurashishga yuz foiz tayyor ekanini ta’kidlamoqda.
Ularning aytishicha, agar Goretska mavsumning birinchi yarmida etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, yanvarda boshqa jamoaga o‘tish masalasini hal qiladi.
Fikrlar