Endi u kerak emas! “Siti” xo‘jayini “Chelsi”ning eng zo‘r futbolchisini olmaydigan bo‘ldi
“Chelsi”dan ketish istagini bildirgan argentinalik jahon chempioni Enzo Fernandes bir necha klublar eʼtiborini oʻziga qaratgan edi.
Moʻhir yarim himoyachini sotib olishni istagan klublar orasida “Manchester Siti” ham bor edi. Ayniqsa, “shaharliklar”ga “Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Enzo Mareska tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabarlardan keyin bu mavzu yanada kuchaydi.
Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” rahbariyati Enzo Fernandesga qiziqmay qoʻydi. Daily Mail yozishicha, garchi Mareska argentinalik futbolchi bilan yaxshi munosabatlarga ega boʻlsa ham, “Siti” uni sotib olish rejasidan voz kechgan.
Ayni paytda “shaharliklar”ning asosiy maqsad — Elliot Anderson ekani aytilmoqda. Agar bu transfer amalga oshmasa, klub eʼtiborini “Nyukasl” futbolchisi Sandro Tonaliga qaratishi mumkin.

Fikrlar