Endi u ketmaydimi?

  • 9 avgust, 2020, 18:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘ziga xos xarakterga ega Pol Pogbaning “Manchester Yunayted”ni tark etishi bir necha oy davomida keng muhokama qilindi. Uning “Real” yoki “Yuventus”ga o‘tishi pandemiya tufayligina amalga oshmay qoldi.

Bu holatdan bosh murabbiy Sulsher oqilona foydalanib qoldi. U qaysar futbolchi ko‘ngliga yo‘l topa oldi va uni jamoaning etakchi o‘yinchilari qatoriga qaytara oldi. Endi Pogba o‘z o‘yinlari bilan MYuni sovrinlar sari etaklamoqchi.

Pogba agenti Mino Rayolaga manchesterliklar bilan yangi shartnoma bo‘yicha ish boshlashni topshirgan.

Joriy mavsumda asosiy vaqtini jarohatlarni davolash bilan o‘tkazgan frantsiyalik yarim himoyachi jami 16 ta uchrashuvda bitta gol urdi va to‘rtta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!