Endrik Liga 1’da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

  • 15.02.2026 16:35
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Lion" futbolchisi Endrik Fransiya chempionatining yanvar oyi yakunlariga koʻra oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

19 yoshli hujumchi qishki transferlar oynasida "Real Madrid"dan Lionga ijara asosida koʻchib oʻtgan edi. Yanvar oyida u Liga 1 doirasida bor-yoʻgʻi ikki oʻyinda maydonga tushib, ushbu bahslarda 3 ta gol urib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Umuman olganda, Endrik yangi jamoasi safida 6 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol va 1 ta assist muallifi boʻldi.

Maʼlumot uchun, bugun Paulu Fonseka shogirdlari Liga 1’ning 22-turi doirasida oʻz maydonida "Nitsa" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!