Endrik: "Neymar aqlbovarqilmas futbolchi"

  • 22 iyun, 2024, 18:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Endrik Neymar uni qanday ilhomlantirgani haqida gapirdi.

- Neymar Los-Anjelesda ekanligini va Braziliya terma jamoasining "Kopa Amerika"dagi ilk o‘yinida maydonda bo‘lishi mumkinligini aytdi. U bilan uchrashib, undan maslaxat olishdan mamnun bo‘lasizmi?


- Neymar aqlbovarqilmas futbolchi. Bir kuni qiziq holat bo‘ldi. O‘shanda men Markinos bilan birga edim va u Neymar bilan telefonda gaplashdi. Men Neymar bilan gaplashishga muvaffaq bo‘ldim. Uni "Santos", "Barselona" va hozir "Al-Hilol"da o‘ynaganini ko‘rganman.Neymar fenomenal yigit. U meni ilhomlantiradi, ajoyib mahoratga ega o‘yinchi"


"Umid qilamanki, Neymar bilan terma jamoada uchrashib, su’ratga tushishini so‘rayman, maslahat olaman, chunki u hayotida ko‘p narsalarni boshidan kechirgan. Shu bilan birga u juda kuchli psixologiyaga ega inson," - dedi "Real Madrid" va Braziliya terma jamoasi futbolchisi Endrik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!